24 Iyun 2021 yil 534

Joylarda Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari tomonidan daromad manbaining "o'sish nuqtasi" o'rganilmoqda

Davlatimiz rahbarining "Mahallabay" ishlash tizimini joriy etish, mahallalarda daromadning "o'sish nuqtalari"ni aniqlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilov Sherobod tumani 3-sektor hududidagi Qulliqsho va Gurjak-1 mahallalariga borib xonadonlarga uyma-uy kirish orqali, aholining darmadlarini ikki hissaga oshirish bo'yicha xonadon egalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida, Qulliqsho mahallasida istiqomat qiluvchi aholining asosiy qismi chorvachilik bilan shug'ullanishi hisobga olinib, chorvachilikka ixtisoslashtirish belgilab olindi.
Gurjak-1 mahallasida yashovchi Zuhriddin Faxriddinov yashash uyida tovuq inkubatorini o'rnatib, jo'ja ko'paytirish bilan shug'ullanayotganligi hamda uning qo'shnisi Qarshiev Dovud ham shu turdagi tadbirkorlik bilan shug'ullanib kelayotganligi o'rganilib ularga tegishli tavsiyalar berilishi bilan birgalikda, imtiyozlar haqida ham tushunchalar berildi.
Mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi boshqa xonadonlarda ham parrandachilik bilan shug'ullanish istaklari borligi aniqlanib, Gurjak-1 mahallasi drayveri etib parrandachilik belgilandi. Har bir xonadonga 100 tadan parranda boqish bo'yicha yo'l xaritasi tuzildi.
Mahallabay tizim asosidagi xonadonlarga birma bir kirish orqali o'rganish ishlari davomida quyonchilik bilan shug'ullanib kelayotgan xonadonlar ham ko'zdan kechirildi.
Joylarda, Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari tomonidan aholi daromad manbaining "o'sish nuqtasi"ni o'rganish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech