8 Iyul 2025 yil 274

Yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi taksi uyushmalari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Viloyatimiz hududiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning manzillariga qulay va xavfsiz yetkazish, xushmuomalalik bilan sifatli xizmat ko‘rsatish qolaversa, yo‘llarda harakatlanish davomida belgilangan tartib qoidalarga amal qilish yuzasidan, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi onlayn taksi uyushmalari va ishchi xizmatchilari o‘rtasida tegishli profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, yo‘lovchi tashish davomida xorijiy sayyohlar bilan bog‘liq biror-bir ko‘ngilsiz holatlar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga xabar berishlari haqida tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.

Text to speech