2 Iyul 2024 yil 422

Yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi taksi uyushmalari haydovchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Viloyatimiz hududiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning boradigan manzillariga qulay va xavfsiz yetkazish, hushmuomalalik bilan sifatli xizmat ko‘rsatish qolaversa, yo‘llarda harakatlanish davomida belgilangan tartib qoidalarga amal qilish yuzasidan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi onlayn taksi uyushmalari haydovchilari va ishchi xizmatchilari o‘rtasida tegishli profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, yo‘lovchi tashish davomida xorijiy sayyohlar bilan bog‘liq biror-bir ko‘ngilsiz holatlar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga xabar berishlari tushuntirilib, navbatchilik qismi telefon raqamlari aks ettirilgan tarqatma bukletlar ulashilmoqda.

Text to speech