9 Oktyabr 2024 yil 342

Yo‘l patrul xizmati xodimlarining malakasi oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining farmoyishi asosida, 2024 yil 5 oktabr kunidan Respublika miqiyosida “Barcha yo‘l-transport hodisalarini, ayniqsa piyodalar bilan bog‘liq avariyalarni oldini olish profilaktikasi oyligi” o‘tkazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida yo‘l patrul xizmati xodimlarining huquqiy savodxonligini, xizmat va jangavor shayligini oshirish, fuqarolar bilan muloqot jarayonida buyruq talablari asosida muomala madaniyatini yaxshilash orqali yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashning kompleks chora-tadbirlarini belgilash maqsadida olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

O‘quv jarayonlari Boshqarma boshlig‘i rahbarligida malakali mutaxassislar tomonidan sohadagi har bir yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Text to speech