14 Mart 2025 yil 898

Yo‘l harakati qoidalari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Surxon vohasiga tashrif buyuruvchi sayyohlarga yanada qulay xizmat ko‘rsatish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi taksi uyushmalar va haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida, haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi, yo‘l kira narxlarini asossiz ravishda oshirilmasliklari, mahalliy va xorijiy turistlar bilan doimo hushmuomalada bo‘lish, shaxsiy narsa va buyumlariga ehtiyotkor bo‘lishlari, sayyohlar bilan bog‘liq biror-bir ko‘ngilsiz holatlar sodir etilgan taqdirda Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga xabar berishlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Text to speech