24 Fevral 2024 yil 319

"Yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotchisi klublari" faoliyati o‘rganildi.

Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Termiz shahridagi maktablarda tashkil etilgan "Yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotichisi klub"lari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida klub a’zolarining yo‘l harakati qoidalariga oid bilimlari sinovdan o‘tgazilib, ular tomonidan tashkil etilgan "Targ‘ibot klubi burchaklari" ko‘zdan kechirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 212-son qarori ijrosini ta’minlashni e’tibordan chetda qoldirgan ayrim maktablar faoliyati tanqidiy o‘rganilib, masu’l rahbarlariga bu boradagi kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech