26 Sentyabr 2024 yil 202

Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi,  Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash guruhi hamda Tibbiyot bo‘limi mutaxassis xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2024 yil 14 sentabr kunidagi tegishli farmoyishiga asosan Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi binosida, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida xodimlarning jismoniy va jangovar shayligini oshirish, qonun va qonunosti hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, idoraviy normativ hujjatlarning mazmun- mohiyati va yuritilish tartib qoidalari, jarohatlangan shaxslarga   birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan bilim darajalari yanada oshirildi.

Text to speech