19 Yanvar 2022 yil 521

Jinoyatni jilovlash bo'yicha yil sarhisobi

Joriy yilning 19 yanvar kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik  A.Ismoilov huzurida Boysun, Sherobod va Bandixon tumanlari ichki ishlar bo'limlarida barcha shaxsiy tarkiblari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda tumanlarda ichki ishlar bo'limlari xodimlari tomonidan 2021 yil davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda xodimlar tomonidan xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etishlari, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirgan ishlari bo'yicha bo'lim boshliqlarining hisoboti tinglandi. Unda sodir etilayotgan jinoyatlarning kelib chiqish omillari, sabablari va bartaraf etish borasida amalga oshirayotgan ishlari yig'ilishda muhokama qilindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i tomonidan har bir ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolar bilan xushmuomalada bo'lishligi, xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy amal qilishligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni jilovlash hamda xodimlar o'rtasida bilim saviyasini yanada oshirish uchun kitob mutolasiga mehr uyg'otish, san'atga qiziqishlarini oshirish, turli sport mashg'ulotlarini o'tkazish va boshqa masalalar yuzasidan tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech