27 Iyun 2020 yil
711
Jinoyatga boshlagan ekin...
Denov tumanida 2020 yilning 12 iyun kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "risq Nasiba" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi A.A.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomarqasiga 13 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 23 iyun kuni A.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati