17 Dekabr 2021 yil 586

Jinoyatchilikni jilovlashda, "fuqarobay" ishlash metodik - amaliyoti yaxshi samara beradi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida o'tkazilgan 2021 yil 12 fevraldagi IIV Hay'atining kengaytirilgan yig'ilishi bayonida belgilangan Termiz shahridagi "Majnuntol" mahallasida sodir etilgan jinoyat sabablari joyiga chiqqan holda o'rganish va "Ilmiy diagnoz" asosida bartaraf etish bo'yicha "fuqarobay" ishlash metodikasini amaliyotga to'liq joriy etish.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida 2021 yil 4 dekabr kuni Surxondaryo viloyatida jinoyatchilikni "mahallabay" jilovlash va aholining muammolarini hal etish borasida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatidagi muammolar hamda kelgusi davr uchun dolzarb vazifalarga bag'ishlangan sayyor yig'ilish bayoni talablarining ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 14-15 dekabr kunlari IIV Akademiyasi boshlig'i polkovnik R.Xatamov Surxondaryo viloyati Termiz shahriga tashrif buyurdi. IIV Akademiyasi boshlig'i dastlab, Termiz shahrida joylashgan "Majnuntol" mahallasida bo'lib, Akademiya boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik M.Ziyodullaev, Akademiya boshlig'ining o'rinbosari polkovnik o.Kamalov va professor-o'qituvchilar, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i, polkovnik A.Ismoilov, viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosarlari, Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, mahalla raisi, profilaktika inspektori, mahalla raisining o'rinbosarlari, ko'cha boshilar va mahalla faolari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda, IIV Akademiyasi boshlig'i polkovnik R.A. Xatamov so'zga chiqib, joriy yilning 20 mart – 25 mart kunlari IIV Akademiyasining tajribali professor-o'qituvchilardan shakllantirilgan ishchi guruhi Termiz shahridagi "Majnuntol" mahallasida ish olib borib, ishchi guruh tomonidan mahallaning murakkab kriminogen vaziyati, jinoyat sodir etilishiga imkon bergan sabab va sharoitlar chuqur o'rganilib, IIV Akademiyasi tomonidan kriminogen vaziyati og'ir bo'lgan ushbu mahallada "fuqarobay" ishlash bo'yicha hudud metodikasi yaratilganligi ta'kidlandi.
Ushbu "fuqarobay" ishlash bo'yicha hudud metodikasini amaliy ish faoliyatda qo'lanilishi o'z samarasini berdi. Natijada, mazkur mahallada 2021 yilning 11 oyida 8 ta jinoyat sodir etilgan bo'lib, bu o'tgan (2020) yilning mos davriga nisbatan jinoyat sodir etilishi 15 taga kamayib, "Majnuntol" mahalllasi "qizil" toifadagi hududdan "sariq" toifali hududga o'tgan. Kelgusida mahallada jinoyat sodir etilishini oldini olish, jinoyatlarning kelib chiqish sabab va unga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinib, "Majnuntol" mahallasini kelgusi yilda "sariq" toifali hududdan "yashil" toifali xududga o'tkazish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shundan so'ng IIV Akademiyasi boshlig'i polkovnik R.A. Xatamov "Majnuntol" mahallasi hududi hisoblangan, jinoyatchilik ko'p sodir etiladigan "Termiz dexqon" bozori hududida qurilgan huquq-tartibot maskanining ish faoliyatini ko'zdan kechirib, bozor xududida jinoyatchilik ko'p sodir etilishini hisobga olib, bozor xududida joylashgan "radiouzel" qurulmasi orqali fuqarolarni jinoyat qurboni bo'lib qolishdan ogohlantirib, turuvchi ovozli audio roliklar berilishi bo'yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, bozor hududiga shanba va yakshanba kunlari savdo qilish uchun fuqarolarning ko'plab kelishlari hamda tumanlardan kunlik ishlovchi fuqarolar aynan o'sha kunlari ko'payishi sababli, bozor hududi yo'nalishida post-patrul xizmati xodimlarini qo'yish bo'yicha, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'iga takliflar kiritildi. Shuningdek, IIV Akaemiyasi boshlig'i polkovnik R.A. Xatamov Termiz shahri "Tuproqqo'rg'on" mahallasida joylashgan huquq-tartibot maskaniga tashrif buyurib, maskanning ish faoliyatini o'rganib, xodimlarga jinoyatchilikning kelib chiqish sabab va sharoitlari tushuntirilib, oldini olish bo'yicha huquqiy maslahatlar berildi. IIV Akademiyasi boshlig'i polkovnik R.A. Xatamov Termiz shahrida joylashgan, Surxondaryo viloyati IIB ko'magida barpo etilgan va jihozlangan 26-umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurib, maktabning ish faoliyati bilan tanishib, maktabning axborot-resurs markazi, o'quv sinf xonalarini va sport zalini ko'zdan kechirdi.
Kunning ikkinchi yarmida, IIV Akademiyasi boshlig'i, polkovnik R.A. Xatamov va Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i, polkovnik A. Ismoilovlar hamkorligida, viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, tuman-shahar ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o'rinbosarlari, sohaviy bo'linmalar boshliqlari, tayanch punktlari profilaktika (katta) inspektorlari hamda mahalla fuqarolar yig'inlari raislari ishtirokida onlayn tarzdagi videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, har bir xodim ularning qadriga etishi, o'z zimmasidagi vazifalarni vijdonan va mas'uliyat bilan bajarishi, doimiy ravishda o'qib-izlanib, o'zining kasbiy bilim va mahoratini oshirib borishi, jamoalarda qonuniylik va xizmat intizomini mustahkamlash rahbarlar oldidagi eng muhim masalalardan biri bo'lishi kerakligi uqtirildi.
Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli olib borish, bu borada mavjud muammolar va ularning echimlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Yig'ilish davomida, Termiz shahar "Majnuntol" mahallasi misolida tayyorlangan "huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning "fuqarobay" ishlash metodikasi"ning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirish va faoliyatga keng joriy etish bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ko'rgazmali interfaol metodlar yordamida mashg'ulot o'tkazildi.
Yig'ilish yakunida kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatchilikning sabab va shart-sharoitlarini o'rgangan holda "ilmiy diagnoz" qo'yish orqali oldini olish bo'yicha ishlab chiqilgan hudud metodikasini joylarda samarali tatbiq etish, profilaktika inspektorining mahalla faollari hamda sektorlar bilan hamkorligini kuchaytirish, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonuniylikka qat'iy rioya etishi, kasbiy bilimlarini muntazam oshirish borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech