12 Mart 2021 yil 570

Jazo muddatini o'tayotgan shaxs, takror jinoyat sodir etdi

Denov tumanida, 2021 yilning 28 fevral kuni taxminan soat 16:00lar chamasida, Denov tumani "Gulobod" mahallasida yashovchi, X.R. tumanning "totuvlik" mahallasi hududida joylashgan "savlat" oshxonasida "o'zgarish" mahallasida yashovchi, N.A.ga tegishli "Redmi Not-7" rusumli telefonini, uning g'ilofi ichida bo'lgan 500 (besh yuz) AQSh dollari va haydovchilik guvohnomasini uni aldab olib, o'z manfaati uchun ishlatish maqsadida qochib ketadi.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 7 mart kuni X.R.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 169-moddasi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surishtiruv ishlari davomida fuqaro X.R. muqaddam 3 marotaba O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 - va 166-moddalari bilan sudlanib, hozirda tuman IIB probasiya hisobida jazo muddatini o'tayotganligi, ushbu fuqaro tomonidan bir necha marotaba o'g'irlik va talonchilik jinoyatlarini sodir etganligi ma'lum bo'ladi.
Fuqaro X.R. ilgari qilgan noqonuniy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilib ham o'z kelajagi uchun to'g'ri yo'lni tanlash o'rniga takror jinoyat sodir etganligi achinarli hol emasmikan!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech