10 Mart 2023 yil 209

Yashil makon umummilliy loyxasida IIO xodimlari xam faol ishtirok etishmokda.

      Bugungi kunda dunyo ahlini tashvishga solayotgan global muammolardan biri ekologiyaning buzilishidir. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasida ham ekologik vaziyatni yaxshilash, bu orqali iflos gaz va havolarni tozalash, aholining salomatligini yaxshilash maqsadida, Prezidentimiz tashabbusi bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab qator, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida, Surxondaryo viloyatida ham manzarali, mevali daraxt va buta nihollarini ekish orqali iqlim sharoitlarini yaxshilash borasida samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi.
         Buning birgina yorqin namunasi sifatida, Termiz tumani “Ayritom” mahallasi hududida yovvoyi o‘t-o‘lan bosib, changalzorga aylangan qarovsiz tashlandiq holga kelib qolgan, qariyb 6 gektar yer maydonini o‘zlashtirish orqali tashkil etilgan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli manzarali va mevali bog‘idir.               

Hozirgi kunga kelib ushbu bog‘da viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmat vakillari tomonidan obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunda esa, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilovning tashabbuskorligi va puxta o‘ylangan rejasi hamda g‘oyasi asosida ishlar tashkil qilinmoqda.
         Joriy yilning  4-mart kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bog‘ida sohaviy xizmat xodimlari tomonidan qurib qolgan ko‘chatlar o‘rniga 4 turdagi 500 dona mevali daraxt olma, olxo‘ri, shaftoli, hamda o‘rik nihollari olib kelinib ekildi.
         Bundan tashqari, vohada xizmat qilib kelayotgan har bir ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylari tomonidan ham mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini erga qadash orqali tabiatimizning chiroyiga-chiroy qo‘shish, iqlim ob-havosining tozaligini asrash va yanada yaxshilash yo‘lida belgilangan chora-tadbirlar asosida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech