23 Dekabr 2021 yil
506
Jarqo'rg'onlik qidiruvdagi bezori qo'lga olindi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 28 iyun kuni, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Hayitobod" mahallasida yashovchi, T.Sobir (ism sharif o'zgartirilgan) 11 dekabr kuni tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati