23 Noyabr 2021 yil
565
Jarqo'rg'onda, "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida
Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assamblyeyasi tomonidan 25-noyabr "Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish xalqaro kuni"-deb, belgilangan.
Shu munosabat bilan Jarqo'rg'on tumanidagi Yengil sanoat va biznes texnikumida 4-sektorda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar o'rtasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbir tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bilan ishlash bo'limi hamda tuman imomlar va otinoyilar, Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi hamkorligida tashkil etildi.
Bunday tadbirlar boshqa sektor hududlarida ham o'tkazilishi belgilangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati