13 Fevral 2021 yil 533

Jarqo'rg'onda yoshlar IIB boshlig'i kubogi uchun bellashishdi

Jarqo'rg'on tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabida "sportni sev, sport bilan yasha!"shiori ostida sportning milliy kurash turi bo'yicha tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 4 noyabrdagi "kurash milliy sport turini rivlojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ4881-sonli qarori hamda 2020 yil 30 oktyabrdagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF 6099-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazilgan musobaqada tumanning 4 ta sektorlaridagi mahallalardan jami 64 nafar uyushmagan yoshlar ishtirok etib, o'zaro kuch sinashdi. Musobaqada qizlar 63 kg va undan yuqori bo'lgan vazn toifalarida, o'g'il bolalar esa 66 kg, 81 kg hamda 81 kilogramdan yuqori vazn toifalarida bellashishdi. Musobaqa yakuniga ko'ra qizlar o'rtasida
63 kg vaznda
1-o'rin Mamashaeva Iroda
2-o'rin Shapoatova Xojar
3-o'rin Eshto'raeva Saodat
3-o'rin Chorieva Mohinur
+63 kg vaznda
1-o'rin Nazarova Shohista
2-o'rin Muxammadieva Yulduz
3-o'rin Choreva Mengdona
3-o'rin Ustaeva Yulduz
O'g'il bolalar 66 kg vazn toifasida
1-o'rin O'ralov Akbar
2-o'rin Jo'raev Shoxruh
3-o'rin Bobonov Saidabbos
3-o'rin Bekmirzaev Bekjon
81 kg vaznda
1-o'rin Choriev Asadbek
2-o'rin Xushvaqtov Jamshid
3-o'rin Abramatov A'zam
3-o'rin Raxmatov Farux
+81 kg vaznda
1-o'rin Raxmonov Saydulla
2-o'rin Abdullaev Elbek
3-o'rin Nurmuxammedov Xojiakbar
3-o'rin Yusupov Raxmonlarga nasib qildi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari tuman ichki ishlar bo'limi hamda bolalar va o'smirlar sport maktabi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech