21 May 2021 yil 562

Jarqo'rg'onda profilaktika inspektorlari zamonaviy texnik vositalar bilan to'liq ta'minlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi "ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 2021 yilning 14 aprel kuni Jarqo'rg'on tumani hokimi B.O'roqov raisligida tuman IIB boshlig'i podpolkovnik B.M.Xidirov, tuman IIB boshlig'i XTM bo'yicha o'rinbosari Sh.Azizberdiev va tuman profilaktika (katta) inspektorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tgan edi.
Mazkur o'tkazilgan yig'ilishda tuman xokimi B.O'roqov tuman hududida profilaktika inspektorlari ish faoliyatini yanada yaxshilash bo'yicha ularni moddiy texnik sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida, tumandagi 36 ta ichki ishlar organlari tayanch punktlarida xizmat olib borayotgan 36 nafar profilaktika inspektorlariga zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta'minlash bo'yicha qaror qabul qilinib ijroga qaratildi.
Joriy yilning 20 may kuni Jarqo'rg'on tuman xokimligi tomonidan 36 ta kompyuter va uch funktsiyali printerlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktika bosh boshqarmasi boshlig'ining 1-o'rinbosari podpolkovnik D.Azizov, Jarqo'rg'on tuman IIB boshlig'i podpolkovnik B.Xidirov hamda tuman IIB boshlig'i huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo'yicha o'rinbosari katta leytenant Sh.Azizberdievlar ishtirokida tantanali ravishda profilaktika inspektorlariga topshirildi.
Endilikda zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta'minlangan ichki ishlar organlari tayanch punktlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari faoliyatida tub o'zgarishlar qilinib, xodimlarning moddiy texnik bazalari hozirgi zamon talablariga javob berishi bilan birga faoliyatda uchrayotgan muammolarni o'z vaqtida echimini tartaraf qilishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech