28 Oktyabr 2021 yil 375

Jarqo'rg'onda, "Lasetti" avtomashinasi salnidan o'g'irlangan pul va antiradar o'g'risi aniqlandi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 2 oktabr kuni, tumanning "Markaziy Surxon" mahallasida yashovchi, O.Olim (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 25 avgust kuni soat 21.30 larda, uyi oldida turgan "Lasetti" rusumli, avtomashinasi salonidan 800.000 (sakkiz yuz ming) so'mlik 1 dona NCO LINE X-COP4500 antiradari va 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'm pulini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu mahallada yashovchi, I.Kamol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 12 oktabr kuni I.Kamolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech