Jarqo'rg'onda er-xotin bezorilik jinoyatini sodir qilishdi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 18 avgust kuni soat 14.00 da, tumanning "Qorayog'och" mahallasida yashovchilar, Z.Zilola va turmush o'rtog'i, K.Kamollar tumanning "Qorayog'och" mahallasida joylashgan gidrouzel bulog'i yonida, tumanning "Qushtepa" mahallasida yashovchi, D.Dilbar va tumanning "Qorayontoq" mahallsida yashovchi, X.Xalimalar bilan o'zaro janjallashib qolib, K.Kamol va Z.Zilolalar jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, qasddan buzib qo'llari bilan D.Dilbar va X.Xalimalarni duch kelgan joyiga urishib, "engil" tan jarohati etkazishgan. 18 sentyabr kuni K.Kamol va Z.Zilolalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi"b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati