10 Fevral 2022 yil 455

Jarqo'rg'onda, bezorilik qilgan shaxs javobgarlikka tortildi

Jarqo'rg'on tumanida 2022 yil 16 yanvar kuni soat 17:00 larda, tumanning "Bobur" mahallasida yashovchi, F.Fazliddinni (ism shariflar o'zgartirilgan) mahallasi hududida joylashgan savdo do'kon oldida, tumanning "Neftchilar" mahallasida yashovchi, T.Tolib jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan qo'li bilan yuziga urib, "yengil" tan jarohati yetkazgan. 2 fevral kuni T.Tolibga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech