29 Oktyabr 2021 yil
828
Jarqo'rg'onda aka-ukalarning o'zaro janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 14 oktabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, 13 oktabr kuni soat 18.30 larda, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi, K.Sanjar (ism shariflar o'zgartirilgan), yashash uyi hovlisida akasi, K.Sobir bilan o'zaro janjallashib qolib, uni oshxona pichog'i bilan o'ng qorin sohasiga bir marotaba sanchib olib, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. 14 oktabr kuni K.Sanjarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati