17 Yanvar 2022 yil
407
Jarqo'rg'on tumanida qidiruvdagi shaxs qo'lga olindi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil may oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Neftchilar" mahallasida yashovchi, ishsiz, Ch.Iskandar (ism sharif o'zgartirilgan) 7 yanvar kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati