6 Aprel 2020 yil 799

Jarqo'rg'on tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy ko'mak ko'rsatildi

Jarqo'rg'on tumani ichki ishlar bo'limi rahbariyati, joriy yilning 30 mart kuni Jarqo'rg'on tumani tumanida istiqomat qilib kelayotgan kam ta'minlangan hamda nogironi bor oilalarga ichki ishlar organlari tizimida tashkil etilgan "ezgulik otryadi" bilan birgalikda ularning turmush tarzi va yashash sharoiti o'rganilib, xonadon egalariga dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
3-sektori hududida kam ta'minlangan hamda nogironi bor oilalar moddiy jihatdan qiynalib qolgan 54 ta xonadon egalariga 10 kg.dan un, 5 kg.dan guruch, 3 litrdan o'simlik yog'i, 2 donadan sovun, 1 donadan parashok, 5 kg.dan kartoshka, 5 kg.dan piyoz, 5 kg.dan makaron maxsulotlari tarqatildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech