16 Fevral 2022 yil 503

Jarqo'rg'on tumani IIBda, "Mehnat armarkasi" tashkil etildi

Jarqo'rg'on tumani hududida, 2021 yil 12 oy davomida sodir etilgan 409 ta jinoyatlarning kelib chiqishi sabab-sharoitlari bo'yicha tahlil qilinganida, 108 tasini yoshlar, 24 tasini muqaddam sudlanganlar, 5 tasini holatdagi shaxslar, ayollar tomonidan 33 tasini holatda jinoyatlar sodir etilganligi ma'lum bo'ldi. Ishsiz shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari tuman miqyosida o'sib borayotganligini (2021 yil davomidagi umumiy jinoyatlarning 101 tasi ishsizlar tomonidan sodir etilgan) inobatga olgan holda tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari mayor Sh.Attamuratov tashabbusi bilan tuman IIB binosida muqaddam sudlangan, spirtli ichimlikka ruju qo'ygan, ishsiz ayollar va yoshlarni jalb qilgan holda tuman hududida mavjud bo'lgan bo'sh ish o'rinlari uchun mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Ushbu mehnat yarmarkasini tashkil etishdan asosiy maqsad, aholini ish bilan ta'minlash orqali jinoyatning barvaqt oldini olishga qaratilgandir.
O'tkazilgan mehnat yarmarkasida, 480 ta bo'sh ish o'rinlari uchun 98 nafar muqaddam sudlanganlar, 78 nafar spirtli ichimlikka ruju qo'yganlar, 43 nafar probasiya hisobida turganlar, 61 nafar ishsiz ayollar va 142 nafar ishsiz yoshlar, jami 422 nafar ishsiz bo'lgan shaxslar ishtirok etishdi.
O'tkazilgan mexnat yarmarkasida 15 nafar fuqarolar "Surxon teks" va "Norteks" ma'sulyati cheklangan jamiyatlari tomonidan, 1 nafar fuqaro tuman madanyat ishlari bo'limiga, 12 nafar fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga, 2 nafar tuman obodlashtirish bo'limiga, 71 nafar fuqarolar tuman Xalq ta'lim bo'limiga qarashli hududlardagi maktablariga va 17 nafar fuqarolar tuman Maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli Mttlarga, jami 118 nafar shaxslar doimiy ish o'rinlariga joylashtirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech