20 Yanvar 2022 yil 580

Jarima qilish o'rniga niqob tarqatildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022 yil 11 yanvar kunidagi "O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha" Respublika maxsus komissiyasining 92-sonli yig'ilish bayoniga ko'ra yana jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilish talab etilmoqda.

Shundan kelib chiqib, dunyoda tobora avj olib borayotgan virusning yurtimizda barham toptirish maqsadida Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari ham Termiz shahridagi san'at saroyi, Arxeologiya muzeyi va Termiz tumanidagi al Hakim at-Termiziy majmualariga tashrif buyurgan har bir mahalliy va xorijiy mehmonlarga viloyatimiz turistik salohiyatiga ega joylari haqida ma'lumot berish bilan birga, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga qat'iy rioya etish talablari haqida tushuncha berishmoqda. Bir yo'la xodimlar fuqarolarga bir martalik tibbiy niqob tarqatishmoqda.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech