3 Iyul 2020 yil
624
Janjalga tomorqa chegara qismi ustidan kelishmovchilik sabab bo'ldi
Sho'rchi tumanida 2020 yilning 8 iyun kuni taxminan soat 19.30 lar chamasida, shu tumanda istiqomat qiluvchi E.Sh., qo'shnisi E.M. bilan tomorqa erining chegara hududi ustidan tortishib, o'zaro kelishaolmaganligi sababli o'rtasida janjal chiqqan. Janjal vaqtida E.Sh. qo'lidagi cho't (erni chopiq qiladigan asbob) bilan E.M.ning boshiga urib "o'rtacha og'irlikdagi" shikast etkazgan. Natijada 2 iyul kuni E.Sh.ning qilgan qilmishi uchun unga nisbatan O'zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati