28 Mart 2023 yil 327

Yangilanayotgan Konstitutsiya avvalo inson manfaati uchun xizmat qiladi.

Bugun Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Z.Artiqov tomonidan O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasining loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shadiev, viloyat IIB sohaviy xizmat xodimlari, Termiz shahar IIB shaxsiy tarkibi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Seminar ishtirokchilariga ma’ruzachi tomonidan O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasining mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barchani 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Seminar yakunida, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech