3 Noyabr 2022 yil 366

Yangi qurilayotgan uylardan olib berishni va’da qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termiz shahrida 2022 yil 27 oktabr kuni, Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi xabariga ko‘ra Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, N.Nodira (ism shariflar o‘zgartirilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda  Termiz shahrida yashovchi, J.Feruza ishonchiga kirib, shaharning “Sohilbo‘yi” mahallasi hududida, “yangi qurilayotgan uylardan olib beraman!”-deb, 20.000.000 (yigirma million) so‘m pullarini olib ketganligini bildirgan. Bundan tashqari J.Feruza 21 oktabr kuni S.Salimaning ham ishonchiga kirib, unga ham “yangi qurilayotgan uylardan olib berman!”-deb, 17.000.000 (o‘n yetti million) so‘m pullarini olib ketganligi aniqlangan. 27 oktabr kuni J.Feruzaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech