22 Dekabr 2022 yil 330

Yangi yil bayrami oldidan Surxondaryo viloyati IIBda shaxsiy tarkib o‘rtasida “Saf ko‘rigi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan IIVning “Yangi yil” va “Prezident archasi” bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi tegishli farmoyishlariga asosan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomalarining mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganligiga hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan viloyat Ichki ishlar organlarining barcha rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, saf ko‘rigida ishtirok etgan xodimlarning saf tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, safdan chiqish va safga qaytish, harbiycha salom berish hamda tantanali yurish usullarini mukammal o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, xodimlarning o‘z vaqtida ishga kelishi nazorat qilinib, ularga xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech