8 Oktyabr 2022 yil 184

Qiziriqda savdo do‘konidan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Qiziriq tumanida 2022 yil 1 oktabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, tumanning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi, R.Arslon (ism shariflar o‘zgartirilgan) 22 sentabr kuni tuman IIBga bergan arizasida, 18 sentabr kuni soat 15.00 dan soat 17.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs yashash uyi oldidagi do‘koniga kirib, do‘kon kassasida turgan 1.000.000 (bir million) so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini tumanning shu tumanda yashovchi, L.Shodmon sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 1 oktabr kuni L.Shodmonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech