Qiziriq tumanida jinoyatchilikning oldini olish hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash davom etmoqda.
Qiziriq tumani IIB
tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tumanning “Kunchiqish” mahallasidagi
bir guruh yoshlar bilan Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sh.Shodiev hamda Qiziriq tumani IIB boshlig‘i mayor Sh.Allamurotovlar suhbat olib
bordi. Qilingan suhbat davomida, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,
yoshlarning kompyuter texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarga qiziqishlari,
bo‘sh vaqtlarini qay tartibda mazmunli o‘tkazishga harakat qilayotganliklari, shu
bilan birga ularning muammolari ham o‘rganildi.
Shuningdek, mahalla profilaktika inspektorining jinoyat
va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida olib borayotgan ishlari bilan
yaqindan tanishilib, mas’ullarga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar
yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalarlar berildi.