27 Sentyabr 2023 yil 585

Qiziriq tumanida tungi xizmatga jalb etilgan shaxsiy tarkibning faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 13 sentabr kunidagi  tegishli Farmoyishiga asosan, hududlarda har kuni tungi xizmatga jalb etilgan shaxsiy tarkibning xizmat faoliyati samaradorligini o‘rganish bo‘yicha qator manzilli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev tomonidan viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida ishlarni samarali tashkil etish maqsadida viloyatning Qiziriq tumanida tungi xizmatga jalb etilgan shaxsiy tarkibning faoliyati tekshirildi.

Dastlab, tumanning “Do‘stlik” mahallasi hududida shartli sodir etilgan jinoyat bo‘yicha berilgan chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan tergov-tezkor guruhining xatti-harakatlari baholandi. So‘ngra, tuman IIBda o‘tkazilgan tekshiruv davomida tungi navbatchilik xizmati, mas’ul rahbar va tergov-tezkor guruhi a’zolari xizmat olib borishi nazorat tartibida tekshirilib, ularning faoliyatiga doir ko‘rsatma va yo‘riqnoma berildi.

Tuman IIBda mavjud so‘rovxonada yaratilgan sharoit, uning faoliyati olib kelingan fuqarolarni qayd etish tartibi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va qo‘shimcha yo‘riqnoma berildi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi qoshida tashkil etilgan alkogol mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish bo‘linmasining tungi faoliyati ham o‘rganilib, muassasada xavfsizlik va qo‘riqlanishini ta’minlash, tibbiyot xodimlarining ish tartibi va jarayonlari, ular bilan suhbat davomida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi muhokama qilindi.

Qiziriq tumani hududida tungi xizmatga jalb etilgan shaxsiy tarkibning xizmat faoliyati joylarga chiqqan holda o‘rganildi. Jumladan, tumanning “Rabotak” va “Zarbdor” mahallalarida bo‘lib, tungi xizmatni olib borayotgan “Rabotak” mahallasida 4 nafar IIB xodimlari va 2 nafar jamoatchilik vakillarining hamda “Zarbdor” mahallasida 8 nafar IIB xodimlari va 2 nafar jamoatchilik vakillarining hamkorlikdagi faoliyati tekshirildi. Ularga xizmat olib borish bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnoma berildi. Jamoatchilik va aholi vakillari bilan mavjud muammolar bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Shu bilan birga, tumanning “Shodlik” mahallasida joylashgan “Agrobank” ATB Qiziriq filialida qo‘riqlash tizimining tashkil etilganligi o‘rganilib, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari tezkor harakatlanuvchi guruhlarining shayligi va tezkorligi tekshirish maqsadida bank binosiga shartli xujum to‘g‘risida berilgan xabarga asosan ularning voqea joyiga yetib kelishi va tezkorlik bilan amalga oshirgan xatti-harakatlari baholandi.

Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan tungi paytda huquqbuzar va mastlik holatida bo‘lgan xaydovchilarni aniqlash hamda maqsadsiz va hujjatiz yurgan transport vositalari bo‘yicha keng qamrovli reyd tadbirlari  ham o‘tkazildi.

Text to speech