12 Avgust 2025 yil 195

Qiziriq tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i rahbarligida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi hamda tumandagi kriminogen vaziyat tanqidiy muhokama qilindi.

Qiziriq tuman hokimligi binosida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, tumandagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar  muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov huzurida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, tuman hokimi, prokurori, mahalla yettiliklari,  nuroniylar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida, viloyat mas’ullari tomonidan  jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlari va boshqa kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib kelgusida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirilishi lozimligi  bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech