Qiziriq tumanida "Sayyor patrul" guruh xizmati tashkil etildi.
Jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida "Sayyor patrul" guruhlarining xizmati tashkil etildi.
Xizmatga jalb etilgan shaxsiy
tarkib tomonidan 576 nafar fuqarolarning shaxsiga oydinlik kiritildi, 445 ta avtomashinalar,
11 ta oshxona va 70 ta savdo nuqtalari tekshirilib, ularning egalari bilan jinoyatlarning
oldini olish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi va 150 dan ortiq
bukletlar tarqatildi. “Sayyor patrul” guruhlariga jalb etilgan PPX xodimlari 2 ta
avto va 5 ta piyoda patrul yo‘nalishlarida xizmat olib borib, ular tomonidan 4 ta
“TIG‘”li buyumlar aniqlanib, hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan tegishli
choralar ko‘rildi.
Bundan tashqari vakolat doirasida, ma’muriy qoidabuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK tegishli moddalari bilan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.