1 Avgust 2023 yil 188

Qiziriq tumanida probatsiya nazoratida turgan shaxslar uchun sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Barchaga ma’lumki tahlillar statistik ma’lumotlar amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini aniqlash va shu asosda zarur chora-tadbirlarni belgilash imkonini beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra 2023 yilning 6 oyi mobaynida tuman IIB probatsiya guruhlari tomonidan ko‘pgina ishlar olib borilgan. Bu esa hududlarda kreminogen vaziyatni barqarorlashtirish huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirishni taqazo etmoqda. Qiziriq tumani “Kunchiqish” mahallasida tashkil etilgan sayyor sud va ma’naviy-ma’rifiy tadbirda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan choralar belgilandi.

Tuman mutasaddilari nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi. Kishilarni ogohlikka chorlaydigan ma’lumotlar o‘rtaga tashlandi. Shundan so‘ng sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi tomonidan Ichki Ishlar Organlari Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarning xatti-harakatlariga baho berildi. Aytish kerakki Mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson manfaatlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Mazkur yo‘nalishdagi sa’y harakatlar natijasida ayniqsa odil sudlovga, adolatli qarorlar qabul qilinishiga erishilib, har bir shaxsning qonuniy manfaatlari himoyalanmoqda. Jamiyatda bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib tuzalish yo‘liga o‘tganlarni qo‘llab - quvvatlash, ijtimoiy ahvolini yaxshilashga yo‘naltirilgan ishlar ham izchillik bilan davom ettirilayapti.

Shuningdek berilgan imkoniyat va bildirilgan ishonchni suiste’mol qilib qayta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qamoq jazosi tayinlanib, “Sayyor sud” o‘tkazilayotgan joyning o‘zida qo‘liga kishan taqildi. Davlatimiz tomonidan bildirilgan ishonch va imkoniyatning qadriga yetmagan bu shaxs qayta qamoqxonaga yo‘l oldi.

Text to speech