5 Aprel 2024 yil 485

Qiziriq tumanida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligining faoliyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimlari, tuman IIB o‘rinbosarlari hamda aloqador tashkilot va idora vakillari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida mahallada jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash, osoyishtalikni ta’minlash, aholi bilan “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlarni amalga oshirishda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholining muammolarini hal etish hamda “ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Kelgusida mahallalarda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida yanada ishlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Text to speech