Qiziriq tumanida ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yosh qizlarning orzulari ushaldi.
Bugun Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev,
viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i
o‘rinbosari mayor H.Nurmatov, va Qiziriq tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Sh.Allamurotovlar
tomonidan, Qiziriq tumani 3 sektor shtabi binosida ichki ishlar organlari tomonidan
“Otaliqqa olingan yoshlar” ro‘yxatiga kiritilgan ular tomonidan tikuvchilik bilan
shug‘ullanish istagini bildirgan o‘n nafar qizlar va onalariga tikuv mashinasi topshirildi.
Endilikda, ichki ishlar organlari tomonidan “Otaliqqa olingan yoshlar” o‘zlari
sevgan tikuvchilik hunari ortidan tadbirkorlik qilishlari orqali o‘zlarining bandligini
ta’minlashlari hamda ro‘zg‘orlariga daromad olib kirishlariga imkoniyat yaratildi.
Zamonaviy tikuv mashinasiga ega bo‘lishni ko‘pdan beri
orzu qilgan qizlar Qiziriq tumanida xotin-qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyat
va shart-sharoitlardan mamnun bo‘lib o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.