Qiziriq tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, Qiziriq tumanida qator samarali ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i F.Rasulov hamda NTT mas’ul xodimi X.Norpo‘latovlar ishtirokida
nazorat ostidagi shaxslarga qayta jinoyat sodir etmaslikning huquqiy oqibatlari,
joriy tartib-qoidalar va jazoni o‘tash shartlari batafsil tushuntirildi.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan
huquqiy savollarga tuman Adliya bo‘limi va NTT vakillari tomonidan tegishli yuridik
va huquqiy tushunchalarga ega bo‘lishdi.
Tashkil etilgan tadbirning asosiy maqsadi — probatsiya nazoratidagi shaxslarning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy hayotga qaytarish hamda takror jinoyat sodir etishining oldini olishdan iboratdir.