14 May 2024 yil 537

Qiziriq tumanida "Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda" tamoyili asosida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda transport vositalari bilan avto halokatlarning oldini olish va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi natijasida, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlariga moddiy zarar yetkazilishi, fuqarolar huquq va erkinliklarining poymol etilishi, mulkiy va boshqa zararlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida, bugun Qiziriq tumani 3-sektor hududidagi "Yetimqum" mahallasida yo‘l transport hodisasi bilan bog‘liq jinoyat muhokamasi keng jamoatchilik vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muhokamada Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev va Qiziriq tumani IIB boshlig‘i mayor Sh.Allamurotovlar so‘zga chiqib, avtotransport vositalari bilan bog‘lik jinoyatlarni oldini olish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, haydovchi va piyodaning yo‘l qoidalariga amal qilish tartibi haqida tushunchalar berildi.

Muhokamada so‘z olganlar tomonidan haydovchi va fuqarolar xushyorlikka chaqirildi.

Text to speech