23 Yanvar 2025 yil 549

Qiziriq tumanida 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari Umid Panjiev boshchiligida sektor rahbarlari hamda "Mahalla yettiligi" ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni hal etish choralari yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech