20 May 2024 yil 496

Qiziriq tumani hokimi mahhaladagi profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugungi kunda mamlakatimizda ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish, uni mutlaqo yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish soha xodimlarining aholi bilan hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining PF-6196-son Farmoni va PQ-5050-sonli Qarori hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallada jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, yoshlarni har xil oqimlarga kirib ketmasligi yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuzasidan Qiziriq tuman hokimi Anvar Oripov tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hududida faoliyat olib borayotgan barcha profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur vazifalarni ijrosini ta’minlash borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi

Yig‘ilish so‘ngida o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshgan profilaktika inspektorlari tuman hokimining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech