8 Aprel 2024 yil 553

Qiziriq tumani IIBda joriy yilning 3 oyi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 8 aprel kuni Qiziriq tumani IIB binosida 2024 yilning 3 oyi davomida tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka hamda terrorizmga qarshi kurashish, ularning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni doimiy o‘rganib borish borasida tuman IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich huzurida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Samandarov Qudrat Bozorboevich ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tuman hududida IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik M.A.Ishkaraev tomonidan ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev va O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarovlar hamda tuman IIB boshlig‘i tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq va takliflar berildi. 

Yig‘ilish so‘ngida ijobiy ish natijalari qayd etgan xodimlar maxsus unvon va qimmatbaho sovg‘alar hamda boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Text to speech