Qiziriq tumani IIBda joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Joriy yilning 12 oktabr kuni Viloyat
IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik
bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik
Q.B.Samandarovlarning huzurida 2023 yilning 9 oyi davomida Qiziriq tumani hududida
jinoyatchilik, terrorizmga qarshi kurashish, ularning oldini olish, jamoat tartibini
saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning doimiy
o‘rganib borish borasida tuman IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar
muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Muhokamada boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev
so‘zida “qizil” toifaga kiritilgan mahalla profilaktika inspektorlari sodir etilgan
jinoyatlarni chuqur tahlil etmaganligi, shundan kelib chiqqan holda o‘zlariga “Yo‘l
xaritasi” ishlab chiqmaganligi, har bir jinoyat bo‘yicha uni sodir etayotgan shaxslar
haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligi, amaliy chora-tadbirlar belgilab olinmaganligi,
muammolarni ijobiy hal etish amaliyoti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, qarindosh-urug‘lar
va qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizo o‘z vaqtida aniqlanib, uni bartaraf etish choralari
ko‘rilmaganligi, muqaddam sudlangan shaxslar bilan ishlash tizimi to‘g‘ri tashkil
etilmaganligini, tumanning “Rabatak” mahallasi ham “qizil” toifaga kiritilganligi,
ushbu mahallada joylashgan “Dehqon bozori” hududida radiouzel yordamida fuqarolar
va sotuvchilarni ogohlikka chaqirish lozimligi, bundan tashqari aholi ko‘p to‘planadigan
hududlar, jumladan, bozorlar, Davlat xizmatlari markazi, tuman tibbiyot birlashmasi,
tuman IIBdagi MvaFRG hamda YHXG kutish xonalarida ekran orqali bugungi kunda ko‘plab
sodir etilayotgan o‘g‘irlik, firibgarlik, kibr jinoyatchilik, oila turmush doirasida
sodir etilayotgan va avtohalokatlar haqida videoroliklar namoyish etilishini yo‘lga
qo‘yish lozimligi, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarga boshliq o‘rinbosarlari
biriktirilib, ushbu hududlarda jinoyatchilikni jilovlash choralari ko‘rilishi lozimligini,
ayollar jinoyatchiligini oldini olish borasida OAVlarida chiqishlar qilinmaganligi,
inspektor psixologlar maktablarda jinoyatchilikni oldini olish borasida ishlar tashkil
etishlari lozimligi, mahalla profilaktika inspektorlari va YHXG xodimlar xamkorlikda
mast holda avtomashina boshqarish holatlarini aniqlash choralarini ko‘rishlari lozimligini
ta’kidlab o‘tdi.
Shundan
so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi
boshlig‘i podpolkovnik Q.B.Samandarov so‘z olib, respublika bo‘yicha xodimlar tomonidan xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli ichimliklar
iste’mol qilmasliklari, noqonuniy avtomashina boshqarmasliklari, internet tarmog‘i
orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etmasliklari, yengil tabiatli ayollar bilan ishqiy munosabatlarga, boshqalar
bilan qarz, oldi-berdisiga kirishmasliklari, xodimlarning qanday muammolari bo‘lsa
rahbarlariga yoki viloyat rahbariyatiga ma’lum qilishlari, ular tomonidan yordam
berilishi, xizmat va shaxsiy kompyuterlarida maxfiy hujjatlarni saqlamasliklari,
fuqarolarning murojaatlari yuzasidan to‘plangan ma’muriy hujjatlarni asossiz ravishda
olib yurmasliklarini ta’kidlab o‘tdi.