22 Noyabr 2022 yil 401

Qiziriq tumani IIBda “Probatsiya oyligi” doirasida “Sayyor sud” o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB boshqarma boshlig‘ining 2022 yil 18 noyabr kunidagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2022 yil 20 noyabr kunidan 20 dekabr kunigacha viloyat hududida keng qamrovli “Probatsiya oyligi” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilayotganligi sababli Qiziriq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati  Probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan davra suhbati hamda tuman IIB ma’rifat zalida “Sayyor sud” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu “Sayyor sud” viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Ravshan Ro‘ziev, tuman prokurori o‘rinbosari Dilshod Qahhorov, jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi raisi Otabek Karimov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik G‘.Xo‘jamqulovlar ishtirokida o‘tkazildi. “Sayyor sud”da tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 3 nafar nazorat ostidagi shaxs, jazo o‘tash tartib-qoidalariga amal qilib, jazo o‘tab kelganligi, jazo o‘tash tartibini buzib ogohlantirilmaganligi, o‘z vaqtida kelib ruyxatdan o‘tib turganligi, yashash joyida mahalladagi jamoat ishlarida faol qatnashganligi uchun mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan ijobiy tavsiflanganligi, Qiziriq tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turib jazosini o‘tash davrida kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etganligi, sodir etgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, tuzalish yo‘liga kirganligi sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Shuningdek, 2 nafar nazorat ostidagi shaxslar jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagani uchun jazo turi jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi tomonidan ozodlikdan maxrum qilish jazosiga almashtirildi.

Text to speech