12 Oktyabr 2024 yil 542

Qiziriq tumani IIBda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qiziriq tumani IIBda joriy yilning to‘qqiz oyi davomida tuman IIB xizmat faoliyati natijalarida erishilgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, xuquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda kelgusidigi vazifalar yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida, Qiziriq tumani IIBda joriy yilning 9 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining axboroti tinglandi. Keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati tanqidiy-tahlil qilinib, 2024 yilning yakuniga qadar ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha, har biriga ogohlantirish berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Samandarov tomonidan xodimlarga, avtomashinalarni tegishli hujjatlarsiz boshqarmaslik, korrupsion holatlarni oldini olish va jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashish jarayonida shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech