10 Iyul 2024 yil 388

Qiziriq tumani IIBda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qiziriq tumani IIBda 6 oyi davomida operativ xizmat faoliyati natijalarida erishilgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, shuningdek jamoat tartibini saqlash, xuquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda kelgusidgi vazifalar yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Sh.F.Shodiev huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda avvalida, Qiziriq tumanida joriy yilning 6 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining axboroti tinglandi. Keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati tanqidiy-tahlil qilinib, 2024 yilning 9 oyiga qadar ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha, har biriga ogohlantirish berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan xodimlarga korrupsion holatlarni oldini olish va jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Yig‘ilish so‘ngida xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib, tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan xodimlarga Qiziriq tumani xokimi hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alri tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech