8 Dekabr 2022 yil 339

Qiziriq tumani IIBda ham Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 7 dekabr kuni Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limida 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bayram tadbirida Surxondaryo viloyati IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik U.Fayzullaev, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik G‘.Xo‘jamqulov hamda tuman IIBning shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan bayram tadbiri davomida, tuman hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish hamda fuqarolar xafsizligini taminlash borasida yuqori natijalarga erishib, kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik ko‘krak nishoni, faxriy yorliq, maxsus unvon va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech