25 Yanvar 2023 yil 369

Qiziriq tumani IIBda 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarovlar huzurida Qiziriq tumani IIB xodimlari tomonidan 2022 yilning 12 oyi davomida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda bo‘lib, xizmat davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar intizomiy jazoga tortildi.

Ish faoliyati davomida yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan shuningdek, xodimlar orasida xizmat intizomi va kasbiy faoliyati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari rahbariyat tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Shu bilan birga yig‘ilishda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shodiev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir ichki ishlar organlari xodimlari amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech