8 Avgust 2022 yil 357

Qiziriq tumani IIB kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz”, shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 3 avgust kuni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida ma’naviyat-ma’rifatni targ‘ib qilish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, Ichki ishlar organlari xodimlarini milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, har qanday sharoitda ham davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, vatanparvar, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini izchil davom ettirish masadida, Qiziriq tumani IIB kutubxonasiga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 5.000.000 (besh million) so‘m qiymatdagi o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlaridan iborat kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.

Mazkur “Vatanparvarlik oyligi” davomida, bu kabi tadbirlarni viloyatning boshqa hududlarida ham o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Text to speech