Qiziriq tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan psixologik trening o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik
ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda psixolog-kansultant Nigina Xudoyberdievalar
o‘zaro hamkorlikda fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning
xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Qiziriq tumani
ichki ishlar bo‘limi tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat samaradorligini
va kasbiy bilimlarini oshirish, shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy
muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini
o‘rganish, shuningdek ularning muloqot psixologiyasi,
muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir
zarur ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan psixologik trening mashg‘uotlari
o‘tkazildi.
Shuningdek, xodimlarga ilmiy psixologik
usullarni maqsadli qo‘llash orqali jamoadagi sog‘lom muhitni shakllantirish, turli
stress va ziddiyatli vaziyatlarga moslashish qobiliyatini rivojlantirish hamda ularning
jismoniy-ruhiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Har kuni turli
toifa va harakterdagi fuqarolar bilan muloqotda bo‘ladigan xodimlarning muomala
madaniyati yuqori bo‘lishi lozim, shu boisdan ham psixologlar tomonidan xodimlarga
notiqlik madaniyati yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.
Psixologik trening davomida, ichki
ishlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan muloqoti jarayonida yo‘l qo‘yishi
mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning muomala madaniyatini oshirish,
turli stress vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun kerak bo‘ladigan psixologik mashqlar
yuzasidan xodimlarga ma’lumotlar berilib, ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib
borish xodimning ruhiyati va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi.
Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan
psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.