24 Fevral 2024 yil 477

Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Mamlakatimiz kelajagini belgilashda shijoatli, qat’iy, maqsadni aniq qo‘yib, shu asosda harakat qilayotgan yoshlarning o‘rni katta albatta. 

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, ma’naviy-ma’rifiy islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurt tinchligi va barqarorligini, xalqimiz farovonligini ta’minlash, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashdir.

Yoshlarni vatanparvarlik, vatanga bo‘lgan muxabbat ruxida tarbiyalash, yoshlarni huquqiy savodxonligi va qonunga itoatkorlik hissini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu maqsadda bugun Qiziriq tumani ichki ishlar bo‘limida Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 13 yanvar kunidagi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash borasida tumandagi uyushmagan yoshlar hamda maktab o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarga tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Allamurotov hamda IIB xodimlari tomonidan bugungi kunda yoshlarni vatanga sadoqat ruxida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi ishlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda tuman IIB xodimlariga xalq uchun xizmat qilish borasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech